ABDURAUF FITRAT MUALLIFLIK KORPUSINI YARATISHNING AHAMIYATI

Authors

  • Mavjuda Alimbekova

Keywords:

mualliflik korpusi, soʻz yasalishi, dialektizm, sheva, umumturkiy soʻz, qoʻshimchalar.

Abstract

Abdurauf Fitrat asarlarida oʻzbek tilining boyligi, ichki imkoniyatlarining kengligi koʻrsatib berilgan. Shuningdek, Fitrat asarlari leksikasining katta qismini sof turkiy soʻzlar tashkil etishi, grammatik vositalarining turkiy til tabiatiga xosligi bilan XX asrdan oldingi va keyingi davr tilidan, boshqa jadid namoyondalari asarlari leksikasidan farq qiladi. Shuning uchun ham ushbu davr adabiyoti tilini maxsus oʻrganish va korpusini yaratish, uning tuzilishi, lingvistik va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada muallif asarlari tiliga xos boʻlgan leksik va grammatik xususiyatlar oʻrganildi. Fitrat asarlari tilida shevaga, qadimgi turkiytilga oid soʻzlar va oʻzbekcha yasalma soʻzlarning koʻpligi, shuningdek, grammatik vositalarning hozirgi oʻzbek tilida qoʻllanilmaydigan shakllari mavjud ekani aniqlandi. Ularning Abdurauf Fitrat mualliflik korpusini yaratishdagi oʻrni tadqiq etildi.

Downloads

Published

2024-02-25