O‘ZBEK TILIDA PRONOMINAL ANAFORANI HOBBS YONDASHUVI ASOSIDA HAL ETISH MODELI

Authors

  • Shahlo Abdisalomova

Keywords:

anafora, pronominal anafora, olmosh, antisident, Hobbs algoritmi, korpus, sintaksis, tahlil daraxti

Abstract

Olmoshlar muammosi sifatida namoyon bo‘ladigan anaforani hal etish nutqdagi boshqa so‘zlarga havolalarni hal etish jarayonidir. Bunday hal qilish jarayonini amalga oshirish modeli yoki algoritmi real nutq yoki matn qismlari uzviyligini ta’minlashga mo‘ljallangan. Matn yoki nutqni tushunish tizimlari uchun anaforani hal etish masalasi dolzarblik kasb etadi. Ushbu maqolada anafora va pronominal anaforaning mohiyati yoritildi, anaforani hal etish bo‘yicha izlanishlar tahlil qilindi, o‘zbek tilidagi olmoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ma’no turlari masalasiga nazar tashlandi, natijada o‘zbek tilida anaforik olmoshlar guruhining a’zolari aniqlandi, anafora korpuslari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘zbek tilida pronominal anaforani hal etish uchun Hobbs algoritmiga asoslangan algoritm taqdim etildi. Hobbs algoritmi sintaksisga asoslangan sodda yondashuv bo‘lsa-da, raqobatbardosh va bugungi kunda ham yuqori baholanadi.

Downloads

Published

2023-11-22