O‘zbek va ingliz tilshunosligida attributiv qo‘shma so‘z yoxud “bahuvrihi”larning o‘rganilishidagi ba’zi muammolar

Authors

  • Shodiya Rahimova

Keywords:

attributiv qo‘shma so‘zlar, bahuvrihi, sintaktik-leksik usul, fonetik, orfografik va morfologik mezon.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lmish aniqlovchili qo‘shma so‘zlar yoxud “bahuvrihi”- lar borasida bildirilgan fikr-mulohazalar, sharh va xulosalar tahlilga tortiladi. Bundan tashqari, mazkur tillarda (aniqlovchili) qo‘shma so‘zlar va ularning tildagi mohiyati talqiniga urg‘u berilib, ular og‘zaki nutq va izohli lug‘atlardagi misollarga asoslangan holda yoritiladi. Rus tilshunoslari N.M. Shanskiy, V.R. Grigoryev, K.A. Levkovskaya, A. S. Ahmonova, A.I. Smirnitskiy, V.I. Alatilyev, o‘zbek tilshunoslari B. Madaliyev, N. Mamatov, Sh. Rahmatullayev, A. G‘ulomov, A. Hojiyevlarning qo‘shma so‘zlar, ularning paydo bo‘lishi, komponentlari o‘rtasidagi morfologik, sintaktik, leksik munosabatlar va so‘z birikmalaridan farqlash borasidagi fikrlari tahlil qilinib, fikr va mulohazalar bildirilgan.
O‘zbek va ingliz tillaridagi qo‘shib va ajratib yozish masalalari va attributiv qo‘shma so‘zlarning o‘rganilishi, “bahuvrihi” termini ostida nima yotishi va qolaversa, ularning o‘xshash va farqli tomonlari tahlil qilingan.

Downloads

Published

2023-10-04