Najmiddin Kavkabiyning ilmiy merosi

DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2019.3/PHPE4033

Authors

  • Baxtiyor Ashurov

Keywords:

kuy, musiqashunos, san’at, sozanda, olim, fan, madaniyat

Abstract

Darvish Ali Changiy Mavlono Najmiddin Kavkabiy Buxoriyni
“yorqin va nurafshon fazilatlari butun olamga nur sochuvchi oftob kabi
ma’lum, juda baland makon va martabasi barchaga mashhur, mukammal
ne’matlarga to‘la fazilatli dasturxonidan hamma bahramand, ash’orlari
bitilgan devoni sahifalariga yozuvchi qalamlari natijasi ko‘pchilikni ojiz
qoldirgan. Har xil fanlarga oid turli risolalari yuzaga chiqqan zot” sifatida
tasvirlaydi. Xususan, uning musiqa ilmida yozgan va ijod qilgan asarlari
zavq-u shavq ahlining mehru muhabbatiga sazovor bo‘lib, ularning diljoniga nay shakardan ham shirinroq tuyuladi. Xullas, go‘zal sifatlarining
qaysi birini maqtashga barcha hayron. Janob Mavlono qavl, amal, kor,
rehta, saj’, zarbul fath, chahorzarb, savtva naqshdan iborat juda ko‘p asarlar
bastalagan. Abdurauf Fitrat ta’kidlaganidek: “Temur zamonida Marog‘ali
Xo‘ja Abdulqodir qanday esa, o‘zbeklar zamonida Kavkabiy shundaydir”,
deb Kavkabiyning o‘zbek xonliklari madaniy hayotidagi o‘rnini Abdulqodir Marog‘iyning temuriylar zamonidagi ahamiyatiga tenglaydi.

Published

2021-10-11