Navoiy ijodida rind obrazi va estetik ideal masalasi

Authors

  • Оyjamol Boboqulova

Keywords:

rind obrazi, may, tajalliy, xarobot, estetik ideal, o‘zlik, faqr, hol, ixlos.

Abstract

Maqolada Alisher Navoiy she’riyati obrazlar sistemasida muhim o‘rin tutuvchi rindning estetik ideal darajasiga ko‘tarilishi masalasi tadqiq etilgan. Shoir rindona she’rlaridagi rind obrazining axloqiyestetik xususiyatlari may timsoliga bog‘lab tahlil qilingan. Chunki may rindona she’riyatda mohiyatni ochuvchi old timsollardan hisoblanadi. Bunday tahlil usuli rind va rindlikning to‘g‘ri talqin etilishiga olib keladi. Shuningdek, rindona she’rlarda butparastlik, tarsoparastlik bilan bog‘liq mazmunning ustunligi, rindlikning hol bilan bog‘liq ekanligi, xarobotning muhim istiloh sifatida yuzaga chiqishi xususida ham fikr-mulohazalar bayon qilingan. Ayni paytda, rindning estetik ideal bo‘lishiga soya soladigan jihatlar ham nazardan chetda qolmagan.

Downloads

Published

2023-10-04