Kichik nasriy asarlarda Alisher Navoiy siymosining talqin etilishi

Authors

  • Gulbahor Ashurova

Keywords:

roman, drama, tarix, hikoya, esse, tarixiy shaxs, badiiy obraz, talqin.

Abstract

Alisher Navoiy sermahsul hayoti va ijodi bilan o‘z davridanoq adabiy-tarixiy memuar asarlarning bosh qahramoni sifatida talqin etila boshlangan edi. O‘tgan asrlar davomida bu asarlar buyuk shoir, xalqparvar fidoyi insonning hayot yo‘li haqida saboq beruvchi ibrat maktabi vazifasini bajarib keldi. XX asr adabiyoti Alisher Navoiy hayotini badiiy talqin qilishda, xalq hayotiga yanada yaqinroq olib kirishda katta natijalarga erishdi. Navoiy haqida yaratilgan roman va drama keyingi asarlarga zamin yaratdi, ko‘plab navoiynomalarning yaratilishini boshlab berdi. Mustaqillik davri hikoyachiligida Navoiy siymosining ochilmagan qirralarini kashf etishga intilgan yozuvchilardan biri Urfon Otajondir. Uning “Dilkusho bog‘lar” nomli kitobidan o‘rin olgan Hirot adabiy muhiti, adabiyot va san’at ahllari haqidagi hikoyalarida tarix badiiy talqinlarda o‘z aksini topgan.
Mazkur maqolada Urfon Otajonning Alisher Navoiy obrazini kichik nasrda yaratish mahorati tahlil qilinadi.

Downloads

Published

2023-10-04