Gazeta tilidagi ba’zi standart vositalarning grammatik-funksional xususiyatlari

Authors

  • Tanju Seyhan
  • Sabohat Bozorova

Keywords:

gazeta tili, standart vositalar, vazifadosh sintaktik variantlar, grammatik-funksional xususiyatlar, nolisoniy omil.

Abstract

Mazkur maqolada gazeta tilidagi ba’zi standart vositalarning grammatik-funksional xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Gazeta standartlari materialni yoritish jarayonida ba’zan aynan ishlatilsa, ba’zan turli leksik-grammatik vositalar bilan, ma’lum o‘zgarishlarga uchragan tarzda, har xil shakllarda qo‘llanadi. Bu o‘zgarish ba’zan ularning har xil komponentlar hisobiga kengayishi bilan xarakterlansa, ayrim hollarda birikma tarkibidagi vositalardan birining tushib qolishi kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar natijasida so‘z birikmalari tizimida funksional sinonimik qatorlarning boyishi kuchayadi. Bulardan bir qismida yangi semantik va shakliy qayta qurilishlar yuz beradi. Shu tariqa so‘z birikmalari boyib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, sintaktik sinonimika taraqqiyotiga ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Til qonuniyatlari, sintaktik me’yorlar doirasida bo‘ladigan o‘zgarishlar natijasida standart iboralarni aynan bir xilda qayta-qayta takrorlamaslik va boshqa maqsadlar uchun til imkoniyatlaridan unumli va o‘rinli foydalanish hisobiga bir necha xil vazifadosh variantlar yaratilganini kuzatamiz.

Downloads

Published

2023-10-04