Temuriy hukmdorlar obrazining “Boburnoma”da aks etishi

Authors

  • Ilhom Aslonov

Keywords:

badiiy-psixologik tasvir, “Boburnoma”, “temuriy salotini”, temuriy shahzodalar tarbiyasi, hukmdor etiketi, siyosiy iyeraxiya.

Abstract

Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lishi bilan birgalikda yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyot, san’at, tarix va ilm-fanning turli jabhalarida bebaho asarlar yaratdi. “Boburnoma” uning keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan serjilo o‘zbek tilida yozilgan, uzoq yillardan beri jahon olimlari adabiyotshunoslari, tarixchilari, etnograflari e’tiborini o‘ziga tortib kelayotgan adabiy va tarixiy memuar asardir. Ma’lumki, unda Bobur yashagan davr oralig‘ida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yoritilgan. Ushbu maqola “Boburnoma”da badiiy-psixologik tasvir muammosi tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda temuriylar saltanatidagi hukmdor etiketi va siyosiy iyerarxiyaning badiiy-psixologik tasviri xususida so‘z boradi.

Downloads

Published

2023-10-04