O‘zbek tilining Afg‘oniston Islom Respublikasi davridagi ahvoli va davlat tashkilotidagi o‘rni

Authors

  • Ehsanullah Quvanch

Keywords:

Afg‘oniston, o'zbek tili, maktablar, universitetlar, san’at, matbuot, konstitutsiya.

Abstract

Afg‘oniston davlati aholisining to‘rtdan bir qismini o‘zbek xalqi tashkil etadi. Ushbu xalq vakillari esa, uzoq yillar davomida tili va madaniyati uchun kurashib kelmoqdalar. Mazkur maqola o‘zbek tilining Afg‘oniston Islom respublikasi davridagi ahvoli va davlat tashkilotidagi o‘rni haqida bo‘lib, ushbu til uchun bo‘lgan ish faoliyatlari ham qonuniy hujjatlar asosida izohlangan. Maqola ayni shu mavzudagi dissertatsiya tadqiqoti natijalari bo'yicha to‘plangan. Maqsad Afg‘oniston o‘zbeklari o‘z tili va madaniyati uchun qilgan sa’y-harakatlari va faoliyatlarini ko‘rsatib berishdir. Bu borada Afg‘oniston o‘zbeklari tomonidan ko‘plab maqola va kitoblar yozilgan, nashr qilingan. Mazkur ishlarda o‘zbek tilining tarixiy jug‘rofiyasi, siyosiy va ijtimoiy jihatlari tahlil qilingan. Berilgan ma’lumotlar orqali Afg‘onistonda o‘zbek tili uchun so‘nggi yigirma yilda bo‘lgan amaliy ishlardan xabardor bo‘lish mumkin.

Downloads

Published

2023-10-04