O‘zbek xalqi turmush tarzi va og‘zaki ijodida ot kulti

Authors

  • Adhamjon Ashirov

Keywords:

o‘zbeklar, turkiylar, ot, jonivor, kult, totem, marosim, an’ana, duldul, qorabaytal, ayg‘ir, “davra solish” epos, doston, maqol, epik qahramon, oila, nikoh, motam.

Abstract

Maqolada o‘zbek xalqi turmush tarzi ot kulti, ot bilan bog‘liq turlituman urf-odat va marosimlar hamda ularning tarixiy asoslari etnografik materiallar asosida tahlil qilingan. Muallif ot totemi, xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos janrlari – doston, qo‘shiq va maqollardagi ot bilan bog‘liq qarashlarni ilmiy asosda tahlil qilgan. Ot bilan bog‘liq joy nomlari, jumladan, ziyoratgoh va qadamjoylar tarixi yoritilgan. Shuningdek, ot tanlashdagi turli an’analar bilan bog‘liq “Davra” marosimi va qator boshqa urf-odatlarning genezisi borasida yangicha qarashlar ilgari surilgan.

Downloads

Published

2023-10-04