Buxoro imperiyasi yoki O'zbekiston bo'ylab sayohat

Авторы

  • Shamsiddin Kamoliddin

Ключевые слова:

tarixiy manba, sayohat, safarnoma, xarita, she’riy uslub.

Аннотация

XVII – XVIII asrlarda ham Yevropadan Eron, O‘rta Osiyo va Hindistonga ko‘plab sayohatchilar kelgan. O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat qilgan va bu yerdagi xalqlar haqida batafsil ma’lumot yozib qoldirgan yevropalik sayohatchilardan biri, yunon sayohatchisi Vasilio Vatatzis bo‘lib, u 1708-yildan boshlab ko‘p yillar davomida Yevropa va Osiyo mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilgan. Vasilio Vatatzisning yunon tilida she’riy uslubda yozilgan Periegetikon (“Sayohatlar”) nomli safarnomasi noyob va kam o‘rganilgan manbalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa 1727-1730-yillarda uning O‘rta Osiyo bo‘ylab qilgan sayohati biz uchun alohida ahamiyatga ega. 1886-yilda safarnomaning asosiy mazmuni fransuz tilida nasriy usulda biroz qisqartirib bayon etilgan. Yaqinda uning inglizcha tarjimasi ham xuddi shu shaklda amalga oshirilgan. Lekin shunga qaramasdan, bu safarnoma va undagi qimmatli ma’lumotlar O‘rta Osiyo, shu jumladan, O‘zbekiston olimlari uchun haligacha noma’lum bo‘lib kelmoqda. Quyida ushbu safarnomaning mazmuni qisqartirilgan holda keltiriladi. Safarnomadagi ma’lumotlar sayohatchining O‘rta Osiyo xaritasida keltirgan izohlari bilan solishtirilgan.

Загрузки

Опубликован

2023-10-04

Выпуск

Раздел

Статьи