Badiiy matnda lisoniy shaxsni belgilashning gender omili

Authors

  • Marhabo Umurzoqova

Keywords:

lisoniy shaxs, gender omil, leksik birlik, emotsional leksika, morfologik shakl, sintaktik birlik, sintaktik qolip.

Abstract

Tilshunoslikning nisbatan yangi sohasi lingvopersonologiya har bir insonni lisoniy shaxs sifatida tadqiq qiladi. Badiiy matnda lisoniy shaxsning namoyon bo‘lishi bir necha omillar ta’sirida yuzaga keladi. Mazkur maqolada tilshunoslikda gender tushunchasi, ayol va erkak jinsiga mansub lisoniy shaxs haqidagi qarashlar o‘rganilgan, badiiy matnda lisoniy shaxsni belgilashda gender omillarning o‘rni masalasi yoritilgan. Badiiy matnda lisoniy shaxsning shakllanishidagi o‘ziga xosliklar tahlilga tortilgan. Lisoniy shaxsning badiiy matnda gavdalantirilishida yozuvchining til egasi bo‘lishi bilan birga boshqa jinsga mansub qahramonning dunyoni anglashi, uni til vositasida ifodalashi, baho munosabatini aks ettirishidagi o‘ziga xos jihatlarni anglashi ham muhim sanaladi. Maqolada Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida ayol lisoniy shaxsining yuzaga chiqishida leksik hamda sintaktik birliklarning o‘rni masalasiga e’tibor qaratilgan.

Downloads

Published

2023-10-04