O‘zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi

Authors

  • Jo‘ra Хudоybеrdiyеv

Keywords:

singarmonizm, tovushlar uyg‘unligi, ohangdoshlik, unli tovushlar, Fitrat, Elbek, Go‘zi Olim, Otajon Hoshim, Ashurali Zohiriy, Qayum Ramazon, T. Ibrohimov, Y. Polivanov.

Abstract

Turkiy tillar rus istilosidan keyin dastlab chor ma’murlarining, keyin bolsheviklar tuzumining qattiq nazoratida bo‘ldi. Mazkur tillarning tovush tizimi, alifbosi, imlosi, so‘z boyligi, qo‘llanishi kabi sohalarini o‘zgartirish borasida tizimli ishlar amalga oshirib borildi. Tadqiqotlarda bu tillarning mushtarak xususiyatlariga e’tibor berilmagani holda, birbiridan ajratib turadigan tomonlari bo‘rttirib ko‘rsatildi. Maqolada ushbu masalalardan birining ildizini ochish maqsadida turli davrlarda “qalinlik va ingichkalik ohangi”, “tovushlar uyg‘unligi”, “ohangdoshlik”, “singarmonizm” kabi so‘z va so‘z birikmalari bilan nomlanib kelingan hodisaning o‘zbek adabiy tilidan chiqarilishi tahlil qilingan.
Abdurauf Fitrat, Elbek, Go‘zi Olim, Otajon Hoshim, Ashurali Zohiriy, Qayum Ramazon, T.Ibrohimov va Y.Polivanov kabi olimlarning qarashlari o‘rganilgan. Natijada o‘zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi tabiiy yo‘l bilan bo‘lmagan degan to‘xtamga kelingan.

Downloads

Published

2023-10-04