“O‘zbek yangi alifbasini tuzishda asaslar” risolasi xususida

Authors

  • Inomjon Azimov

Keywords:

alifbo, imlo, isloh, unli tovush, undosh tovush, singarmonizm, harf, fonema, yot harflar, yozuv.

Abstract

Oʻtgan asrning boshlarida jadidlar nomi bilan tarix sahnasiga chiqqan millat fidoyilari iqtisodi, ilm-fani rivojlangan davlat qurishni orzu qildilar. Buning uchun, eng avvalo, millatni savodli qilish, zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarni tarbiyalash zarur edi. Shu maqsadda ular yangi usuldagi maktablar ochish harakatiga tushdilar.
Ming yildan ortiq davr mobaynida asosiy yozuv sifatida qoʻllanilib kelingan arab yozuvi oʻqish, oʻqitish ishlarida qiyinchilik tugʻdirayotgani sababli isloh qilindi. Arab yozuvi islohi kutilgan natijani bermagandan soʻng boshqa turkiy xalqlar kabi lotin yozuviga oʻtish masalasi kun tartibiga chiqadi.
Arab yozuvidan lotin yozuviga o‘tish harakatlari boshlangandan keyin o‘zbek ziyolilari tomonidan mavjud tovushlarga harf tanlash, ularni ilmiy asoslash bo‘yicha matbuotda maqolalar e’lon qilinib borildi, turli kengash yig‘ilishlari, anjumanlar tashkil qilindi. Yangi alifbo tuzishda singarmonizmli shevalarga asoslanish kerakmi yoki singarmonizmsiz, o‘zbek tili tabiatini ochib berolmaydigan, buzuq shevalarga asoslanish kerakmi? degan masala kun tartibida turar, bu masalada juda ko‘plab tortishuvlar, bahs-munozaralar bo‘lgan. Bunday tortishuvlar milliy alifbo yaratish harakatiga ham ta’sir qiladi, natijada turli tashkilotlar tomonidan toʻrtta loyiha yaratiladi.
Maqolada ana shu loyihalarning oxirgisi – Boku konferensiyasi oldidan tuzilgan loyiha xususida soʻz yuritiladi.

Downloads

Published

2023-10-04