Ziyoratgoh va qadamjolarda o‘tkaziladigan marosimlar: an’anaviylik va transformatsion jarayonlar

DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2019.3/HCLD4884

Authors

  • Feruza Hayitova

Keywords:

marosimlar, urfodatlar, chillaxona, sajdagoh, qadamjolar

Abstract

Maqoladagi ma’lumotlar Qashqadaryo viloyatidagi muqaddas
ziyoratgohlarni o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan dala tadqiqotlariga
asoslanadi. Mahalliy aholining ziyoratgohlarga bo‘lgan ishonch va e’tiqodlari kuzatuvlar natijasida tahlilga tortilgan. Shuningdek, ziyoratgohlar bilan
bog‘liq urf-odat va marosimlar, diniy qarashlar, ziyorat kunlari haqida
ma’lumot beriladi. Ularning aholi ruhiyatiga ta’siri, ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar bilan bir qatorda oilaviy muammolarning yechimlarini
topishda muhim ahamiyat kasb etishi yoritib berilgan.
O‘zbekiston nafaqat Sharq, balki jahon tamadduni beshiklaridan
biri bo‘lgani dunyoga ma’lum. Aynan mazkur zamin g‘oyat xilma-xil dinlar,
madaniyatlar tutashgan mintaqa hisoblanadi. Yurtimiz hududlarida bir
vaqtda ilk kishilik manzillari joylashgan deb taxmin qilinayotgani, ushbu
zaminning tarixi naqadar ko‘hna ekanligidan dalolat beradi. Ular o‘zining
qadimiyligi, turli din va madaniyatlar, e’tiqod va tushunchalarni o‘zida
ifoda etishi bilan qimmatga molikdir. Muqaddas ziyoratgohlar, maqbaralar,
qadamjolar diniy va milliy qadriyatlardan sanaladi. Asrlar davomida va
hozirgi kunda ham kishilar hayotining ajralmas bo‘lagi hisoblangan diniymadaniy ob’yektlarimizni o‘rganish va saqlash ham zaruratga aylangan.
Mazkur joylardagi amallar ham o‘zining milliy, diniy, psixologik hamda
tarixiy ildizlariga ega. Ularni ilmiylik asosida chuqur o‘rganish yurtimiz
ma’naviy hayotining yuksalishiga, an’ana va urf-odatlarning saqlanib,
yashab qolishiga ko‘maklashadi.

Published

2021-10-11