O‘zbek xalq maqollarida “nutq odobi” ma’nosining ifodalanish darajasi

Authors

  • Alisher Ahrorov

Keywords:

nutq madaniyati, muloqot odobi, muomala madaniyati, bilimlilik, kamtarlik, halollik, to‘g‘ri so‘zlik, vatanparvarlik, elparvarlik, tilparvarlik, ochiq ko‘ngillilik, samimiylik.

Abstract

Mazkur maqolada xalqning milliy qadriyati, urf-odatlari, kundalik turmush tarzi, tarixi, madaniyati va ma’naviyatini o‘zida namoyon etuvchi, sayqallanib, bugungi kunda og‘zaki va yozma nutqda keng qo‘llaniluvchi xalq maqollarida nutq odobi, nutq madaniyati, muloqot odobi, muomala madaniyati masalalarining qay darajada o‘z ifodasini topganligi, shuningdek, “madaniy nutq” semasiga ega xalq maqollarining axloqiy qiymati va tagma’no ifodalash vazifasi muloqot tizimidagi o‘rni, vazifaviy, lisoniy bilim va nutq vaziyatiga oid hamda madaniy jihatlari kabi ilmiy masalalarga munosib yechim topishni taqozo qilishi asoslangan. Chunki xalq maqollari hayotiy asosga ega, barcha jabhalarda isbotlangan fikrlarni o‘zida namoyon etadi. Shunday maqollardan bir guruhi nutq madaniyati masalalarini o‘zida namoyon etib keladi. Bunday maqollar muloqot jarayonida nutq ta’sirchanligini ta’minlovchi vosita bo‘lishi bilan birgalikda, kishilarni to‘g‘ri, rost, o‘rinli, oz so‘zlash, tinglash, sukut saqlashga undaydi. Bunday maqollar zamirida aynan shu nutqning madaniyligini ko‘rsatuvchi omillar o‘z ifodasini topadi.

Downloads

Published

2023-10-04