Lаkunа – til vа mаdаniyatning mushtаrаk muаmmosi

Authors

  • Abdumannon Hasanov TSUULL

Keywords:

lakuna, realiya, konsept, ekvivalentsizlik, lakunarlik, leksik bo‘shliq, lisoniy ehtiyoj.

Abstract

Maqola til va madaniyatning mushtarak muammosi bo‘lgan lakuna tushunchasining tavsifiga bag‘ishlangan. Unda lakuna tushunchasining paydo bo‘lishi, o‘rganilishi va lingvistik ahamiyatiga doir mulohazalar bayon etilgan. Xususan, o‘zbek tilshunosligida mavzuning o‘rganilishi hamda bu boradagi yutuq va kamchiliklar tahlilga tortilgan.
Maqolada lakuna tushunchasining o‘ziga xosligi, tavsifiga alohida diqqat qaratilgan. Bu hodisaning yondosh hodisalardan, xususan, realiyalardan farqlanishiga oydinlik kiritilgan. Joriy davrda tilshunoslikda bu ikki hodisaning qorishtirilishi bilan bog‘liq holatlar tanqidiy tahlil qilingan.
Lakuna hodisasining chuqur tadqiq etilishi boshqa til va madaniyatni o‘rganishga keng imkoniyatlar yaratishi asoslangan. Shuningdek, muayyan tilni turli tillarni qiyoslab o‘rganish va shu asosda undagi leksik lakunalarni aniqlash hamda bartaraf etish til leksikasi taraqqiyoti uchun muhim ekanligi ta’kidlangan.

Downloads

Published

2023-10-03