“Shimol shamoli” yoki Buxoroning uyg‘onishi: Istanbuldan bir nazar

Authors

  • Zaynabidin Abdirashidov

Keywords:

Turkiston, Buxoro, jadidchilik, Istanbul, matbuot.

Abstract

XX asr boshlarida Turkistonda amaliy faoliyatda kechgan jadidchilik harakati qisqa vaqt oralig‘ida katta kuchga aylandi. Turkistondagi fikriy va siyosiy harakatlar nafaqat mahalliy rus idorasi, balki xorijdan turib ham diqqat bilan kuzatildi. Bu borada, ayniqsa XX asr boshlarida Turkiyada paydo bo‘lgan yangi yo‘nalishdagi davriy matbuot ajralib turadi. Ushbu matbuotda Turkiston, xususan, Buxoro amirligi ijtimoiy va siyosiy hayotida sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq turli mazmundagi xabarlar, maktublar va tahliliy maqolalar ko‘plab chop etila boshladi. Matbuotdagi bu materiallar orqali XX asr boshlaridagi turk ziyolilari turk jamiyatini Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan xabardor qilish barobarida o‘z munosabatini ham bildirib bordi. Ayniqsa, turk matbuoti rus matbuotida Buxoro davlatining kelajakdagi taqdiri bilan bog‘liq maqolalar chop etilgan maqolalarni diqqat bilan kuzatib bordi. Maqolada turk matbuotida Turkistonga oid chop qilingan maqolalar birlamchi manbalar asosida tahlil qilingan.

Downloads

Published

2023-10-03