XX asrning 20-30-yillarida O‘zbekistonda til va yozuv siyosati

Authors

  • To‘lqin Tog‘ayev

Keywords:

milliy tillar, davlat tili, mahalliylashtirish, alifbo, imlo, islohot, yozuv o‘zgarishi

Abstract

Ushbu maqolada o‘tgan asrning 20-30-yillarida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida, keyinchalik O‘zbekiston SSRda milliy tillarning teng huquqliligi, ularning rivojlanishini ta'minlash, davlat tilida ish yuritish, davlat va jamiyat boshqarishini mahalliylashtirish masalalari to‘g‘risida kommunistik partiya va sho‘rolar hukumati tomonidan qabul qilingan turli darajadagi dekretlar, qaror va boshqa huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, bularga binoan Respublikada amalga oshirilgan tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, XX asrning birinchi choragida Turkiston ziyolilari tomonidan alifbo va imloni isloh qilish, keyinchalik O‘zbekistonda yozuvni lotin alifbosiga ko‘chirish harakatlari tadqiq etilgan. Ushbu jarayonlar tufayli o‘zbek ziyolilari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlarga baho berilgan. Umuman, O‘zbekistonda yuritilgan til siyosati, yozuv islohoti va o‘zgarishi qanday kechganligi, uning sabablari, mohiyati, natijalari birlamchi manbalar asosida yoritildi.

Downloads

Published

2023-10-03