Soha terminlari izohli lug‘atlarini tuzishga doir mulohazalar

Authors

  • Murodqosim Abdiyev

Keywords:

lug‘at, lug‘at tuzish, termin, terminologiya, soha, til korpusi, tarjima, milliylik, jarayon, o‘zlashma termin, texnik vosita.

Abstract

Ma’lumki, hozirgi paytda, dunyo miqyosida globalizatsiya hamda integralizatsiya jarayonlari avj olgan bir paytda soha terminologiyasi yanada boyib borishi tabiiy. Bu jarayon asosan zamonaviy texnika va axborot texnologiyalarning jamiyat hayotiga dadil kirib kelishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu holat barcha tillar qatori o‘zbek tili terminologiyasini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Mustaqillikdan keyin mamlakatimiz taraqqiyotidagi tub burilishlar o‘zbek tili lug‘at boyligini yangi so‘z va terminlar bilan boyitish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Sanoatning muhim tarmog‘ i bo‘lgan kimyo fani va uning tarmoqlarida ham terminologik qatlam kun sayin ortib bormoqda. Maqolada soha, xususan, kimyo terminlari izohli lug‘atini tuzish jarayonida e‘tibor beriladigan tomonlar haqida mulohazalar yuritilgan.

Downloads

Published

2023-10-03