Tarixiy shaxs tasvirida tarixiy fakt va talqin muammosi

Authors

  • Gulbahor Ashurova

Keywords:

mustaqillik davri, o‘zbek adabiyoti, roman, tarixiylik, obraz.

Abstract

Mustaqillik yurtimizning barcha ijodkorlariga yangicha fikrlash va ijod qilish, o‘zining yuksak adabiy-estetik idellarini targ‘ib qilish, tarixiy fakt va talqin muammosini yoritish orqali tarixiy haqiqatni ro‘yi-rost, haqqoniy ko‘rsatib berish, buyuk tarixiy siymolar haqida asar yaratish imkoniyatini berdi.
Badiiy adabiyotdagi bunday evrilishlar ijodkorlarning asarlarida ham o‘z aksini topdi. Tarixiy fakt va talqin muammosi, adabiy-estetik ideal kategoriyasi xorij va o‘zbek adabiyotshunoslari hamda adabiyotshunoslikka yondosh bo‘lgan bir qator fan tarmoq vakillari tomonidan ularning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga ko‘ra turli darajada yoritilganligini ko‘rish mumkin.
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida buyuk tarixiy siymolar, tarixiy shaxslar tasvirida tarixiy fakt va talqin muammosining yoritilishi, tarixiy asarning yaratilishiga sabab bo‘lgan omillar, badiiy asarga berilgan baho, mustaqillik davri o‘zbek nasrida tarixiy siymolarga munosabat masalasi, xususan, Navoiy siymosining ifoda etilishi muammosi e’tiborga olingan. Shuningdek, maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida tarixiylik va tarixiy shaxs obrazining badiiy talqini tadqiqi atroflicha yoritilganligi bilan ahamiyat kasb etadi.

Downloads

Published

2023-10-03