Vahdat ul-vujud falsafasi va Naqshbandiya tariqati: transformatsion jarayonlar va o‘ziga xos jihatlar

DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2019.3/ADPB2859

Authors

  • Ja'far Xolmo‘minov

Keywords:

Naqshbandiy, Ibn al-Arabiy, vahdat ulvujud falsafasi, irfon falsafasi, tasavvuf

Abstract

Tasavvuf falsafasi Hakim at-Termiziy qarashlaridan ta’sirlangan
buyuk faylasuf, ilohiyotshunos, shoir, irfon falsafasining yirik nazariyotchilaridan biri, Musulmon Sharqida “Shayx ul-akbar” – “Eng ulug‘ shayx”
nomi bilan tanilgan Muhyiddin ibn al-Arabiy (m. 1165-1240)ning teosofik
ta’limoti orqali o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi. Ibn al-Arabiyning
“Vahdat ul-vujud” – borliqning birligi va Komil Inson haqidagi nazariyalari
butun Musulmon Sharqini qamrab oldi va G‘arb faylasuflarining qarashlariga ham ijobiy ta’sir yetkazdi. Shu jumladan, tasavvuf ta’limoti tarixida
Xoja Yusuf Hamadoniy va Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (1103-1218) tomonidan asos solinib, “Xojagon tariqati” nomini olgan, so‘ng Xoja Bahouddin
Naqshband (1318-1389) tomonidan rivojlantirilib, “Naqshbandiya” nomini olgan va butun Movarounnahr va Xuroson mintaqalarini ma’naviy
jihatdan birlashtirgan ta’limot ham Ibn al-Arabiyning “Vahdat ul-vujud”
falsafasi ta’siridan chetda qolmagan. Xoja Muhammad Porso Buxoriy, Xoja
Ubaydulloh Ahror Valiy, Mavlono Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xoja
Maxdum A’zam va Ahmad Sarhindiy kabi Naqshbandiylikning yirik vakillari va mutafakkirlari “Vahdat ul-vujud” g‘oyalarini rivojlantirganlar.

Published

2021-10-11