Turkistonda milliy matbuot, adabiyot va adabiy til

Authors

  • Nodira Egamqulova

Keywords:

Turkiston, jadidchilik, Manifest, vaqtli matbuot, adabiy jarayon, adabiy aloqalar, milliy til.

Abstract

Har qanday adabiy jarayon mavjud ijtimoy sharoit, siyosiy tuzum bilan bog‘liq holda faoliyat olib boradi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, tarixiy sharoit adabiyotga odatdagidan ham kuchliroq ta’sir o‘tkazdi. Bu davr ijodkorlari o‘z asarlarida milliy ozodlik, milliy o‘zlik, ma’rifat mavzularini avj pardalarda tasvirlashdi. Ushbu maqolada XX asr boshlari o‘zbek adabiy jarayoni – jadid adabiyotining yuzaga kelishida muhim rol o‘ynagan tarixiy sharoit, ijtimoiy-siyosiy omillar ta’siri masalalari yoritilgan. 1905-yil chor hukumati tomonidan qabul qilingan Manifest va uning ahamiyati, mohiyati haqida manbalarga tayanilgan holda fikr yuritilgan. Turkistondagi matbuot, matbaa ishlariga to‘xtalingan. Jadid adabiyotidagi muhim yangilanishlar, badiiy tasvir usuli, adabiy aloqalar, milliy tilga munosabat borasidagi mulohazalar o‘z aksini topgan.

Published

2023-05-11