Paremik janrlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari (tarixiy-nasriy asarlar misolida)
Keywords:
paremiologiya, maqol, naql, hikmat, o‘git, masal, hikmatli so‘zlar, “To‘rt ulus tarixi”, “Shajarayi turk”, tahlil, g‘oya.Abstract
Maqolada tarixiy-nasriy asarlarda uchraydigan paremik janrlar–maqol, hikmat, o‘git, masal, naqllarning turli ko‘rinishlari tahlilga tortilgan. Xalq og‘zaki ijodi janrlarining yozma adabiyotga ko‘chishi, undagi o‘zgarishlar, janrlar takomili kabi masalalar tadqiq etilgan. Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” (“Ulusi arba’i Chingiziy”) va Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarlarida uchraydigan paremiyalarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari yoritiladi. Asar mualliflarining xalq naqllari, hikmatli so‘zlaridan mahorat bilan foydalanganligi ilmiy asoslab beriladi. Xalq o‘gitlari tarixiy shaxslar faoliyati bilan bog‘liqligi, hikmatlar aynan tarixiy qahramon tilidan aytilganligi dalillangan. Pand-nasihat xarakteridagi paremiyalarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyati ochib beriladi. Paremik turga xos janrlarda aqliy bilishning ustunligi, xalqning uzoq hayotiy tajribasi asosida yuzaga kelishi kabi xususiyatlari aniqlangan. Maqolada mavzuga oid tadqiqotlarga munosabat bildirilib, qiyosiy tahlillar amalga oshirilgan.