“Mehrobdan chayon”da ifodalangan ijtimoiy-siyosiy leksikalar

Authors

  • Surayyo Ziyotova

Keywords:

termin, ijtimoiy-siyosiy leksema, sema, ma’no torayishi, ma’no kengayishi, diaxron aspekt.

Abstract

Til – jamiyatda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘zida namoyon qiladigan, tadrijiy rivojlanib boradigan hodisadir. Til va jamiyat uzviy tarzda bir-biri bilan bog‘liq ekan, lug‘at tarkibi asrlar davomida o‘zgarib boradi. Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhit, davrdagi o‘zgarish, shu jarayonni ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy leksemalarda o‘z aksini topadi.
Ma’lumki, har bir asar tili o‘ziga xos leksik ko‘lamiga ega. Bunga shu asar yaratilgan va asar voqealari ifodalangan davr, intralingvistik va ekstralingvistik omillar ta’sir qiladi. “Mehrobdan chayon” asari leksikasi XIX asr oxiri xonliklar davri XX asr jadidlar davriga oid ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy, ma’rifiy-maishiy tushunchalarni aks ettiruvchi lug‘aviy birliklarni qamrab oladi. Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari leksikasidagi ijtimoiy-siyosiy leksik birliklar tarixiyetimologik jihatdan tahlil qilingan hamda ushbu birliklar semantik maydon asosida tasniflangan.

Downloads

Published

2023-05-11