O‘zbek tilida “holat” ma’noli abstrakt nomlar

Authors

  • Muhayyo Hakimova

Keywords:

abstraksiya, abstrakt so‘zlar, holat, ruhiy holat, aqliy holat, jismoniy holat, semantika, polisemiya, tasnif.

Abstract

Tilning leksik qatlami mazkur til egalari bo‘lmish xalqning turmush tarzi, madaniyati, tafakkur darajasi, dunyoqarashi bilan shartlangan bo‘ladi. Konkret so‘zlar xalqning etnomadaniyati, turmush tarzini ko‘proq o‘zida mujassam qilsa, abstrakt so‘zlar muayyan xalqning dunyoqarashi, tafakkur tarzi, etik, estetik, madaniy, ma’naviy tushuncha va me’yorlarini nomlaydi. Ushbu maqolada o‘zbek tili lug‘at tarkibidan o‘rin olgan holatni ifodalovchi abstrakt so‘zlar tahlilga tortilgan. Ularning ma’noviy guruhlari, semantik strukturasi, ma’no taraqqiyoti o‘rganilgan. Ruhiy, aqliy va jismoniy holat ifodalovchi abstrakt so‘zlar ajratilgan. Ajratilgan har bir leksik-semantik guruh yana taksonomik tarzda tasnif qilingan.

Downloads

Published

2023-05-11