Jamiyat, til va madaniyat

Authors

  • Yorqinjon Odilov

Keywords:

jamiyat, til, madaniyat, lingvomadaniyat, til va madaniyat ta’sirlashuvi, milliy-madaniy semali so‘zlar, maza-ta’m va rang bildiruvchi so‘zlar.

Abstract

Mazkur maqola tilning jamiyat va madaniyat bilan munosabatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda tilning jamiyat hayotidagi o‘rni, madaniyatning mohiyati, “madaniyat” atamasining istilohiy ma’nolarini aniqlashga, tilning madaniyat bilan, madaniyatning til bilan ta’sirlashuvini ochib berishga, tilning madaniyatni, madaniyatning tilni shakllantirishdagi ishtirokini ilmiy asoslashga diqqat qaratilgan. Maqolaning asosiy mazmunida til va madaniyat o‘rtasida doimiy ta’sirlashuv qonuniyati amal qilishi, buning natijasida madaniyatdagi o‘zgarish-u yangilanishlarning tilda aks etishi, o‘zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi inson, jamiyat ekanligi haqidagi qarash ustuvor. Xalqning rang bilish tarzi o‘ziga xos bo‘lishi, bunday milliy nigohning natijalari uning tilida voqelanishini o‘zbek, rus, ingliz tillaridan olingan misollar vositasida tushuntirilgan. Shu munosabat bilan ranglarning ijobiy va salbiy baholarda idrok qilinishi yoritilgan.

Downloads

Published

2023-05-11