Sinergetikaning badiiy asarlarni tadqiq etishdagi ahamiyati

DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2019.3/PGPI7566

Авторы

  • Ra'no Toshniyozova

Ключевые слова:

taboyi, fraktallar, bifurkatsiya, tafakkur, falsafiy-badiiy, metodologiya, matnshunoslik

Аннотация

Maqolada sinergetikaning asosiy tamoyillari yoritilgan. Fanning
zamonaviy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan sinergetikaning tahlil predmeti
tartibsiz, ehtimoliy, tasodifiy xususiyatga ega murakkab moddiy va
ma’naviy tizimlar bo‘lib, konseptual metaforalar sifatida qaraladigan
sinergetik kategoriyalar turg‘un ilmiy tushunchalarni qayta nomlashga va
anglashga chorlaydi. Turli turdagi ob’yektlarning yaxlit guruhiga nisbatan
umumlashtiruvchi metaforik tavsif beriladi. Bunday metaforalarga
attraktor, repeller, tartib mezonlari, bifurkatsiya kiradi.
Sinergetika nazariy-metodologik yondashuv, olamning universal
ilmiy paradigmasi bo‘lib, uch soha kesishmasida yaxlitlanishi natijasida
yaraladi va rivojlanadi: nochiziq modellashtirish, amaliy falsafa va
ma’lum bir fan sohasidagi bilimdonlik. Sinergetik metod badiiy matn
ontologik poetikasi talqini modellarini belgilashda muhim ahamiyatga
egadir. Murakkab tizimlardagi beqarorlik, zidliklar xususiyati sinergetik
tadqiqotlar uchun asos bo‘lib bormoqda. Bunday tizimning xususiyatlariga muvofiq keladigan badiiy matnlar talqini borliqning umumiy
qonuniyatlarini qo‘llashni taqozo etadi. Sinergetik kontekstda ma’noning
o‘z-o‘zini yaratishi, tartiblashi masalasi o‘rganiladi. Badiiy matn bilan
resepiyentning muloqoti jarayonida murakkab tizimning dinamik holati
aniqlashtiriladi. Matnning shakllanishi, o‘qimishliligi, mavjudligining
sinergetik tamoyillari borki, ushbu tamoyillar borliqning barcha tizimlari
uchun umumiy bo‘lgan universal qonuniyatlariga bo‘ysunadi.

Загрузки

Опубликован

2021-10-11

Выпуск

Раздел

Статьи