Uzbekistan: Language and Culture http://uzlc.navoiy-uni.uz/index.php/uzlangcult
“Uzbekistan: Language and Culture” is an academic journal that publishes
works in the field of linguistics, history, literature, translation studies, arts, ethnography, philosophy, anthropology and social studies.

The journal is published four times a year. The purpose of the journal is to publish the results of the latest research that are rich in new, innovative ideas and has its own concept, which stimulates debate on topical issues in these areas.
The language of articles can be English, Russian and Uzbek. Other Turkic
languages are also welcome. We do not publish economic analyses or political
articles. In addition to research articles, the journal announces book and literary
work reviews, conference reports and research project results.
en-US Uzbekistan: Language and Culture 2181-922X “ALIGNER” DASTURIY VOSITASI UCHUN O‘ZBEK-INGLIZ TILIDA SIFAT VA UNING DARAJALARINING MORFOLOGIK TAHLILI http://uzlc.navoiy-uni.uz/index.php/uzlangcult/article/view/151
Morfologik tahlil parallel matnlarni moslashtirish jarayonidagi asosiy qadamlardan biri bo‘lib, lingvistik va grammatik ma’lumotlarni saqlashga, tarjima sifatini oshirishga va turli tillar bo‘yicha tadqiqotlarni osonlashtirishga yordam beradi. Bu turli xil tabiiy tillarni qayta ishlash vazifalari va ilovalari uchun zarur bo‘lgan parallel matnlar o‘rtasida to‘g‘ri va kontekstga mos moslashishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa boy flektiv va derivativ morfologiyaga ega bo‘lgan tillar bilan ishlashda muhim hisoblanadi. O‘zbek va ingliz tillari morfologik tuzilishi jihatidan bir-biridan mutlaqo farq qiladigan tillar bo‘lib, bu sifatlar va ularning qiyosiy shakllariga ham talluqlidir. Ushbu maqolada biz o‘zbek va ingliz tilida sifat va uning shakllari yasalishining morfologik tahlilini ko‘rib chiqamiz.
Noila Matyakubova Copyright (c) 2024 Uzbekistan: Language and Culture 2024-02-25 2024-02-25 3 3 ABDURAUF FITRAT MUALLIFLIK KORPUSINI YARATISHNING AHAMIYATI http://uzlc.navoiy-uni.uz/index.php/uzlangcult/article/view/149
Abdurauf Fitrat asarlarida oʻzbek tilining boyligi, ichki imkoniyatlarining kengligi koʻrsatib berilgan. Shuningdek, Fitrat asarlari leksikasining katta qismini sof turkiy soʻzlar tashkil etishi, grammatik vositalarining turkiy til tabiatiga xosligi bilan XX asrdan oldingi va keyingi davr tilidan, boshqa jadid namoyondalari asarlari leksikasidan farq qiladi. Shuning uchun ham ushbu davr adabiyoti tilini maxsus oʻrganish va korpusini yaratish, uning tuzilishi, lingvistik va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada muallif asarlari tiliga xos boʻlgan leksik va grammatik xususiyatlar oʻrganildi. Fitrat asarlari tilida shevaga, qadimgi turkiytilga oid soʻzlar va oʻzbekcha yasalma soʻzlarning koʻpligi, shuningdek, grammatik vositalarning hozirgi oʻzbek tilida qoʻllanilmaydigan shakllari mavjud ekani aniqlandi. Ularning Abdurauf Fitrat mualliflik korpusini yaratishdagi oʻrni tadqiq etildi.
Mavjuda Alimbekova Copyright (c) 2024 Uzbekistan: Language and Culture 2024-02-25 2024-02-25 3 3 СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ ЛИНГВИСТИЧЕСКИМ ОСНОВАМ УЗБЕКСКОГО И АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКОВ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА http://uzlc.navoiy-uni.uz/index.php/uzlangcult/article/view/156
Исследование посвящено анализу современных методов обучения лингвистическим основам узбекского и английского языков с применением искусственного интеллекта. В статье рассматриваются основные аспекты использования ИИ в образовании, особенно в контексте обучения языкам. Проанализированы преимущества такого подхода, включая персонализированное обучение, интерактивные методики, автоматизированную обратную связь, гибкость и доступность обучения через онлайн-платформы. Исследование также описывает результаты исследований и статистические данные, подтверждающие эффективность современных методов обучения на основе ИИ. В заключении подчеркивается значимость данного подхода для развития языковых навыков студентов, их мотивации и уверенности, а также перспективы его дальнейшего развития в образовании. Это исследование имеет важное значение для образовательного сообщества, предоставляя информацию о передовых подходах к обучению языкам, которые могут быть эффективно применены в современной образовательной практике.
Azizaxon Raxmanova Copyright (c) 2024 Uzbekistan: Language and Culture 2024-02-25 2024-02-25 3 3 O‘ZBEK TILIDAGI MATNLI HUJJATLARDA IZLASHNI AMALGA OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH http://uzlc.navoiy-uni.uz/index.php/uzlangcult/article/view/154
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi matnli hujjatlarda izlashni amalga oshirishda TF-IDF usuli bilan takomillashtirish bosqichlari keltirilgan. O‘zbek tilida izlash natijalarini yaxshilash uchun stemming jarayoni, stemming uchun tanlangan so‘z turkumlari haqida to‘xtalinadi. Natijalar va unga sarflangan vaqt keltiriladi. Shuningdek, stemming jarayoni uchun analitik usul tatbiq qilingan.
Ruhillo Alayev Gulshaxnoz Maxmudjonova Copyright (c) 2024 Uzbekistan: Language and Culture 2024-02-25 2024-02-25 3 3 Sinonimayzer dasturida RoBERTaForMaskedLM modelidan leksik sinonimlarni aniqlash uchun foydalanish http://uzlc.navoiy-uni.uz/index.php/uzlangcult/article/view/152
Roberta turkumiga kiruvchi RobertaForMaskedLM modelini leksik sinonimlarni aniqlash uchun ishlatish mumkinligini ilgarigi tadqiqotlarimizda qayd etgan edik. Biroq mashq uchun to‘plangan ma’lumotning hajmi kichikligi va sifatining yuqori bo‘lmaganligi bois qoniqarli natija olinmaganligini xabar bergan edik. Ushbu tadqiqot davomida esa mashq uchun mo‘ljallangan hujjatlar hajmi hamda sifatini oshirgan holda bir necha bosqichda mashq jarayonini qayta amalga oshirdik. Buning natijasida esa yangi va ishonarli javoblarni qo‘lga kiritdik, natijalar tahlilini amalga oshirdik va jadvallarda aks ettirdik. Shuningdek, modelni o‘zbekcha sinonimayzer dasturiga muvaffaqiyatli tarzda integratsiya qildik.
Mohiyaxon Uzoqova Mansurbek Narzullayev Copyright (c) 2024 Uzbekistan: Language and Culture 2024-02-25 2024-02-25 3 3 ZAMONAVIY DUNYODA MASHINA TARJIMASI TADRIJI: TAHLILLAR VA NATIJALAR http://uzlc.navoiy-uni.uz/index.php/uzlangcult/article/view/150
Bugungi kunda mashina tarjimasi sohasi jadal rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas. Bu borada dunyo ilm-fanida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, yaratilayotgan nazariyalar haqida to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Ushbu g‘oyalarni o‘rganish va lozim bo‘lsa o‘zbek mashina tarjimasi yo‘nalishiga tatbiq etish bu sohaning jadalroq rivojlanishiga turtki bo‘ladi, degan fikrdamiz. Ushbu maqolada bugungi kunda jahon mashina tarjimasi sohasida amalga oshirilgan ishlar, avtomatik tarjimani optimallashtirish uchun taklif etilayotgan nazariyalar, g‘oyalar haqida fikr yuritamiz. Ularni o‘zaro qiyoslab, tahlil qilamiz. Shuningdek, hozirda mashhur tarjimon dasturlarining ishlash prinsiplariga to‘xtalib o‘tamiz, natijalar olamiz.
Madinabonu Qodirova Shahlo Hamroyeva Copyright (c) 2024 Uzbekistan: Language and Culture 2024-02-25 2024-02-25 3 3 TABIIY TILNI QAYTA ISHLASHDA MATNNI TOZALASH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH http://uzlc.navoiy-uni.uz/index.php/uzlangcult/article/view/155
Matnni tozalash matnni tahlil qilish sifati va aniqligini oshirish uchun tabiiy tilni qayta ishlashda (NLP) muhim qadamdir. Bu imlo va formatlashdagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish orqali matnni kichik harflarga aylantirish bilan birga maxsus belgilar, raqamlar va nomuhim so‘zlar kabi ahamiyatsiz yoki ortiqcha ma’lumotlarni olib tashlashni o‘z ichiga oladi. Matnni tozalash, shuningdek, imlo xatolarni qayta ishlash, so‘zlarni o‘zak shakliga keltirish (lemmatizatsiya) va matnni kodlash muammolarini hal qilish yechimlarini taklif qiladi. Matnni tozalashning maqsadi, matn ma’lumotlarining sentiment analizini tashkil etish, tilni modellashtirish va ma’lumot olish kabi keyingi qayta ishlash va tahlil qilish uchun tayyorlash sanaladi. Ushbu maqolada NLPda matnni tozalashning ahamiyatini, shuningdek, to‘g‘ri tuzilgan matn ma’lumotlariga erishish uchun ishlatiladigan turli xil texnika va vositalar muhokama qilinadi. Shu bilan bir qatorda, matnni tozalashning NLP modellari va ilovalari samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini va uning tilni aniqroq va mazmunli tushunish va qayta ishlashni osonlashtirishdagi roli ta’kidlanadi.
Sanjarbek Baxodirov Copyright (c) 2024 Uzbekistan: Language and Culture 2024-02-25 2024-02-25 3 3 O‘ZBEK-INGLIZ FARMATSEVTIKA TERMINLARI KORPUSI LINGVISTIK TA’MINOTINING MILLIYMADANIY ASOSLARI http://uzlc.navoiy-uni.uz/index.php/uzlangcult/article/view/153
Maqolada o‘zbek-ingliz farmatsevtika terminlari korpusi lingvistik ta’minotining milliy-madaniy asoslari yoritilgan. Tibbiyot sohasi insoniyat tarixidagi eng qadimgi ilm-fan yutuqlaridan hisoblanib, hozirgi kunda internet resurslari ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazasiga ega. Tibbiy terminlarning aksariyati lotincha asoslardan shakllangan bo‘lib, ularning o‘zbek va ingliz tillarida qo‘llanishi chog‘ishtirilayotgan tillardagi umumiylikni ta’minlaydi. Shuningdek, lotin tilidan ayrim tibbiy terminlarning kalkalab olinishi o‘zbek va ingliz tillaridagi shu ko‘rinishlardagi terminlar muqobilligini ta’minlagan.
O‘zbek-ingliz tillaridagi farmatsevtika terminlarining farqli jihatlari, avvalo, terminlarning tarixiy taraqqiyotida, tarixiy-genetik asoslarida ko‘rinadi. Ingliz tilida qadimdan lotincha tibbiy terminlar, dori nomlarining qo‘llanishi, o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot bosqichlarida lotincha terminlarning kam kuzatilishi, bu tildagi o‘zlashmalarning keyingi taraqqiyot bosqichlariga xosligi, tarixiy bosqichlarda arabcha, forscha-tojikcha dori nomlarining faol qo‘llangani kuzatiladi. Maqolada o‘zbek tilidagi dori nomlarining qadimiy ko‘rinishlari Abu Bakr Roziyning tibbiy risolalarida keltirilgan terminlar misolida tahlil etilgan. Tarixiy dori nomlarining o‘zbek-ingliz farmatsevtika terminlari korpusining ma’lumotlar bazasini boyituvchi manba sifatidagi qiymati ko‘rsatib berilgan.
Dlafruz Xudoyqulova Copyright (c) 2024 Uzbekistan: Language and Culture 2024-02-25 2024-02-25 3 3